Oʻzbekistonlik jangchi UFCdagi debyut jangida ajoyib gʻalabaga erishdi

  • 09:26 / 22.08.2021
  • 114

Saidyoqub Qahramonov AQSh vakiliga qarshi oktagonga koʻtarildi.

Biroz avval Las-Vegasda navbatdagi UFC kechasi boʻlib oʻtdi. Unda, nufuzli promoushendagi toʻrtinchi oʻzbekistonlik jangchi Saidyoqub Qahramonov oʻzining debyut jangini oʻtkazdi.

U guamlik Trevin Jonsga qarshi oktagonga koʻtarilib, gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonlik jangchi uchinchi raundning oxirlarida raqibini boʻgʻish uslubi evaziga magʻlub etdi.

Shu tariqa, MMAʼda 10 ta jang oʻtkazib, 8 gʻalaba, 2 magʻlubiyat qayd etgan Saidyoqub Qahramonov UFC promoushenidagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi.

 

Teglar