O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Olimpiadaga to‘liq tarkibda yo‘llanma olishdi

  • 13:51 / 14.06.2021
  • 111

O‘zbekiston terma jamoasi berilgan 4ta yo‘llanmaning barchasiga ega chiqdi.

Joriy yil 23–31-may kunlari Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida og'ir atletika bo‘yicha, yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi. Unda dunyoning 50dan ortiq davlatidan 400 nafarga yaqin yosh atletlar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Qayd etilishicha, ushbu musobaqadan so‘ng, og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangan. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) reyting orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar nomini eʼlon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga 2+2 ko‘rinishida 4ta yo‘llanma berilgan edi va o‘zbekistonlik sportchilar berilgan imkoniyatdan maksimal foydalana oldilar. 

IWF reytingi orqali sportchi yigitlardan, Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo‘rayev (-109 kg), qizlardan esa Muattar Nabiyeva (-55 kg) va Kumushxon Fayzullayeva (-76 kg)lar Tokio-2020 yo‘llanmalariga ega bo‘lishdi.