Oʻzbekistonlik Rushana Karimova Rossiyadagi eng chiroyli muhojir qiz deb topildi (foto)

  • 15:55 / 11.10.2021
  • 221

Rossiyaning Moskva shahrida muhojir qizlar orasida goʻzallik tanlovi oʻtkazildi. Unda oʻzbekistonlik Rushana Karimova gʻolib boʻldi.

Tanlovda 19 yoshdan 38 yoshgacha boʻlgan, sobiq sovet ittifoqi respublikalaridan kelgan 50 nafar ishtirokchi qatnashgan. Final bosqichida esa Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston vakillari ishtirok etgan.

Rushana Karimova Urganch shahrida tavallud topgan, uch yoshidan boshlab raqs bilan shugʻullangan. Moskva shahriga 19 yoshlik vaqtlarida koʻchib borgan, bu yerda enaga boʻlib ishlagan. U tanlovning final bosqichida “Lazgi” raqsini ijro etib, eʼtirofga sazovor boʻldi.

Gʻolibaga oliygohlarning birida bepul taʼlim olish va malaka oshirish kurslarida oʻqish imkoniyatini beruvchi sertifikat topshirilgan.