Oʻzbekistonlik sportchilarning Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki yakunlandi. Medallar jamgʻarish reytingi qanday koʻrinishda?

  • 17:41 / 04.09.2021
  • 468

Bugun, 4-sentyabr kuni Tokio Paralimpiadasida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik sportchilar uchun musobaqa yakunlandi.

Paralimpiyachilarimiz musobaqada 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan holda, turnirda umumiy hisobda 19 ta medallar shodasiga ega chiqishdi.

Bu orqali Oʻzbekiston medallar jamgʻarish reytingida 16-oʻrinni egallab turibdi.

Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston 2016-yilgi Paralimpiya oʻyinlarini ham jamoaviy hisobda 16-oʻrin bilan tugatgan edi. Rioda oʻtkazilgan musobaqada paralimpiyachilarimiz 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza, jami 31 ta medal bilan Oʻzbekistonga qaytishgan edi.

Tokio-2020 paralimpiadasi medallar jamgʻarish reytingi, 4-sentyabr: