O‘zbekistonliklar ushbu haftada quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin

  • 18:20 / 08.06.2021
  • 630

10-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 16:57 da O‘zbekiston aholisi Quyosh tutilishini ko‘rishlari mumkin, deya xabar beradi Astronomiya Instituti sayti.

Xabar qilinishicha, Oy Quyoshning ozgina qismini qamrab oladi, natijada respublika aholisida qisman quyosh tutilishini kuzatish imkoniyati bo‘ladi.

Quyosh tutilishining halqali fazasi Rossiya, Grenlandiya va Kanadaning shimoliy qismlarida ko‘rinadi. Ob-havo noqulay bo‘lmasa, Shimoliy Osiyo, Yevropa va Qo‘shma Shtatlardagi odamlar ham qisman ushbu hodisani kuzatishlari mumkin.

Toshkent vaqti bilan tutilish 2021-yil 10-iyunda soat 16:57:51 da boshlanadi. Maksimal faza soat 17:26:11 da sodir bo‘ladi va 17:53:18 da Quyosh tutilishi tugaydi.