O‘zbekistonning oltin zaxirasida yil boshidan beri ilk marta o‘sish kuzatildi

  • 15:28 / 08.05.2021
  • 107

Markaziy bank 2021-yil 1-may holatiga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari, xususan, rasmiy zaxira aktivlari va chet el valyutasidagi boshqa aktivlar qiymatining o‘zgarishi haqida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin zaxirasi yil boshidan beri $492 millionga o‘sgan.

Ma’lum qilinishicha, 1-may holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi $34,2 milliardni tashkil etgan. Shundan $13,1 milliardga teng qismi xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (konvertasiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) ko‘rinishida, shuningdek, $20,7 milliard qiymatli oltin saqlangan.
  
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar qiymati $14,3 milliardni tashkil qilib, fevral ($13,7 mlrd.), mart ($13,1 mlrd.) va aprel ($13,01 mlrd.) oylarida yil boshiga nisbatan kamayish kuzatilayotgan edi.

Shuningdek, oltin zaxirasi ham yil boshida $20,2 milliardni tashkil qilgan bo‘lib, fevral ($20,3 mlrd.), mart ($19,7 mlrd.) va aprel ($19,2 mlrd.) oylarida yil boshiga nisbatan kamayish kuzatilgan.