Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi qariyb 22 milliard AQSh dollariga teng boʻldi

  • 22:11 / 18.08.2021
  • 182

Yanvar-iyul yakuni boʻyicha Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi miqdori maʼlum qilindi.

2021-yilning yanvar-iyul oylari yakuni boʻyicha Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 21,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 8,1 mlrd. dollarga teng boʻlib, uning 5,4 mlrd. dollari mahsulotlar, 1,3 mlrd. dollari esa xizmatlar eksportiga toʻgʻri kelgan.

Tashqi savdo aylanmasida importning umumiy hajmi esa 13,4 milliardni tashkil etgan. Bunda mahsulotlar miqdori 12,6 mlrd. dollarga, xizmatlar esa 843,4 mln. dollarga teng boʻlgan.

Qayd etilishicha, eksport va import oʻrtasidagi farq 5,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan.