“O‘zbeknavo” sobiq bosh direktori Azamat Haydarov vafot etdi 

  • 06:53 / 23.07.2021
  • 293

2014-yildan bugunga qadar Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan siyosiy fanlar nomzodi, professor, “Shuhrat” medali sohibi Azamat Haydarov og‘ir xastalik sabab vafot etdi. 

Azamat Haydarov 1957-yil 20-may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. 
Bugunga qadar u Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy  ishlar respublika ilmiy-metodika markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.