O‘zgidromet: 2020-yilning ilk kunlarida Toshkent shahri havosida zararli moddalar tarqaladi 

  • 11:00 / 30.12.2019
  • 568

27-dekabr va 28-dekabr tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida bir oz  zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratdi, deb ma’lumot bermoqda O‘zgidromed markazi. 

Stasionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, Yashnobod, Olmazor hamda Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida Azot va Uglerod dioksidi bo‘yicha havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan. 

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmagan. 

31-dekabr 2019-yil, 2020-yil 1-3-yanvar va 4-yanvar tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida bir oz zararli moddalar tarqalishiga imkoniyat yaratadi.