O‘zgidromet respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirmoqda

  • 17:47 / 21.05.2021
  • 140

O‘zgidrometning xabar berishicha, 21–24-may kunlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor.

21-may kuni kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. kunduz kuni 29-34 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlarida faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat dam olish kunlarida ko‘p yillik me’yordan 2-3 darajaga ko‘p bo‘ladi va kechasi 15-20 darajani, kunduz kuni 29-34 darajani tashkil etadi.

O‘zgidromet mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi borligi haqida ogohlantirdi.