O‘zmetkombinat korxonalarining biridagi yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi

  • 18:24 / 24.09.2021
  • 93

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, qo‘mita raisining topshirig‘i bo‘yicha Ohangaron shahridagi “Lida metall” korxonasida Toshkent viloyati xududiy boshqarmasi xodimlari o‘rganish olib bormoqda.

Xabar berilishicha, sodir bo‘lgan hodisa texnologik jarayonning buzilishi bo‘lib, o‘rganish natijasiga ko‘ra tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, texnologik qayd natijasida korxonadagi injener va ishchi xodimlarning sog‘ligiga yoki korxonaga moddiy zarar yetkazilmagani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zmetkombinat” AJga qarashli, Ohangaron shahridagi “Lida metall” korxonasi metall eritish pechida kuchli yong‘in sodir bo‘lganligi va yong‘in natijasiga ko‘ra bir necha xodim tan-jarohat olganligi to‘g‘risida ma’lumot va video xabarlar tarqalgan edi.