Pandemiyadan keyin transfer bozorida eng koʻp pul sarflagan klub qaysiligi maʼlum boʻldi

  • 15:19 / 04.09.2021
  • 179

Pandemiyadan keyin transfer bozorida eng koʻp pul sarflagan klub maʼlum boʻldi.

CIES xalqaro sport tadqiqotlari markazi qitʼada koronavirus tarqalishidan keyin Yevropaning top klublari sarflagan xarajatlar statistikasi bilan boʻlishdi.

Maʼlum qilinishicha, top-5 ligalar jamoalari uchta transfer oynasida amalga oshirilgan transferlar uchun taxminan 2 milliard yevro sarflashgan, bu oʻtgan davrga qaraganda ancha kam.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchilarning transferi uchun “Manchester Yunayted” eng koʻp, yaʼni 200 million yevro miqdorida pul sarflagan.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarda mos ravishda “Chelsi” va “Arsenal” jamoalari turibdi. . Eʼtiborlisi, Angliya Premyer-ligasining birdaniga yetti vakili mazkur roʻyxatning kuchli oʻnligidan oʻrin olgan. Qolgan uchta klub esa “Yuventus”, PSJ va “Bavariya” klublaridir.