Parashutchi Yevro-2020 o‘yinida maydonda paydo bo‘ldi va futbolchilarni hayratga soldi

  • 09:59 / 16.06.2021
  • 665

Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro-2020 o‘yini boshlanishidan oldin kutilmaganda maydonga parashutchi tushib keldi.

Myunxenda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati uchrashuvi boshlanishida bir kishi stadion uzra parashutda paydo bo‘ldi. U media-stenddan o‘tib, muxlislarning ustiga qulashiga oz qolgan, lekin maydonga qo‘nishga erishgan. Natijada, maydonni yuqoridan tasvirga oladigan o‘rgimchak kamerani sindirgan.

Uchrashuvga tayyorgarlik bir muncha vaqt to‘xtab turdi va ba’zi futbolchilar bu voqeadan ochiqchasiga hayratda qolishdi.

Uning parashutida neft mahsulotlaridan voz kechishga chaqiriq va “Greenpeace” so‘zi yozilgan edi.

Ma’lumot uchun ushbu uchrashuvda Fransiya 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.