Parhezshunos suli yormasining har qanday turi ham foydali emasligini aytdi

  • 16:50 / 20.04.2021
  • 75

Suli yormasidan tayyorlangan boʻtqa tarkibida katta miqdorda oʻsimlik tolalari mavjud, shu sababli uni oshqozon-ichak trakti muammolaridan aziyat chekuvchi insonlar isteʼmol qilmaganlari maʼqul.

Amerikalik parhezshunos Roksana Esanining aytishicha, salomatligida muammolari mavjud boʻlgan odamlarga guruch, manna va joʻxori yormasidan tayyorlangan boʻtqalar koʻproq mos keladi.

Mutaxassis tez pishib qoladigan suli yormasidan ham voz kechishni tavsiya qilgan. Odatda bu kabi boʻtqalar tarkibiga qoʻshimcha miqdorda shakar va turli-tuman moddalar qoʻshilgan boʻladi.