Parijda majburiy emlashga qarshi namoyishlar davom etmoqda

  • 12:13 / 18.07.2021
  • 101

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron dushanba kuni koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar kuchaytirilishi haqida e’lon qilganidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari avj olib ketdi.

Bir necha kundan buyon Fransiyaning bir qator shaharlarida majburiy emlashga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Parij ko‘chalarida ham ushbu tartib bekor qilinishini talab qilayotgan 100 mingdan ortiq kishi namoyishga to‘plandi.

Gap shundaki, aholi mamlakatda koronavirusga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi majburiy “sanitar sertifikat” joriy qilinganidan norozi. Fransiya rahbarining bayonotiga ko‘ra, avgust oyidan boshlab bunday sertifikatsiz fuqarolar savdo markazlari, restoran, poyezd va samolyotlarga qo‘yilmaydi.

Namoyishchilar bu tartibni aparteid siyosatiga tenglashtirishyapti.