Parijdagi 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari uchun 7 milliard yevro sarflanadi

  • 12:03 / 10.08.2021
  • 258

Parijda Olimpiya shaharchasi qurilib, u yerda 1 yarim mingga yaqin uy, ofis va savdo markazlari qad rostlaydi.

Fransiya poytaxti Parij shahrida boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun 7 milliard yevro mablagʻ sarflanadi. Bu haqda TASS maʼlum qildi.

Manbaning xabariga koʻra, ushbu mablagʻning 933 million yevro miqdoridagi summasini Fransiya hukumati qoplab beradi.

XOQ esa taʼmirlash ishlari va marosimlar uchun 1,2 milliard yevro ajratadi. Mamlakatda Olimpiadaga tayyorgarlik doirasida, 2024-yilgacha qurilish va rekonstruksiyasi ishlariga 3,2 milliard yevro sarflanadi.

Shuningdek, byudjet rejasidan Olimpiya shaharchasi qurish ham oʻrin olgan boʻlib, Olimpiada oʻyinlari yakunlangach, shaharchadagi 1 300 ta uy, ofis va savdo markazlari sotuvga qoʻyilishi maʼlum qilingan.