Patagoniyaga sayohat qilish uchun 10 sabab (foto)

  • 10:45 / 01.07.2021
  • 515

Patagoniya – Janubiy Amerika hududida joylashgan betakror geografik mintaqa. Uning bir qismi Chili, ikkinchi qismi Argentina hududidan oʻrin olgan.

1. Ulugʻvor muzliklar va yovvoyi tabiat goʻzalligi maydoni Buyuk Britaniyadan bir yarim barobar kattaroq boʻlgan hududni egallab olgan.

2. Ushbu hududga Patagoniya deb nom berilishi bejizga emas. Oʻz vaqtida dengizchi Magellan mazkur hududda yashovchi mahalliy hindularning oʻta boʻychan ekanligi tufayli ularni “patagon” deb atagan. Bu yerda yashovchi odamlarning boʻylari oʻrtacha 180 santimetrdan kam boʻlmagan, oʻsha vaqtlarda ispaniyaliklarning boʻyi oʻrtacha 155 santimetr atrofida edi.

3. Patagoniya maydoni 1 million kvadrat kilometrdan kattaroq.

4. Patagoniya 1881-yilga qadar hech bir mamlakatga tegishli boʻlmagan, mustamlakachilik vaqtlariga qadar bu yerda hindular yashashgan. XIX asrda hududga uelslik muhojirlar kelishni boshlaganlar.

5. Patagoniyaning koʻrinishini muzlik davrlarida (taxminan 3 million yil avval) shakllanib boʻlgan. U bugungi kunga qadar deyarli oʻzgarmagan.

6. Sayyohlar orasida shunday gap ham bor: “Agar Yerning yoshlik davrlarini koʻrmoqchi boʻlsangiz, Patagoniyaga keling”.

7. Patagoniyaning goʻzalligi Argentinada uchuvchi boʻlib ishlagan va bu yerni juda koʻp marta koʻrgan Antuan de Sent-Ekzyuperini maftun qilgan. Tadqiqotchilar “Kichik shahzoda” asarida tasvirlangan manzaralar – Patagoniya hududining aynan oʻzi ekanligini aytishadi.

8. Patagoniyada aholining zichlik darajasi juda past. Bu yerda har 1 kvadrat kilometrlik maydonga taxminan 2 kishi toʻgʻri keladi. Aholi punktlari haddan tashqari kam. Bu kabi punktlar yetarlicha suv va shamoldan tabiiy himoya mavjud boʻlgan daryo vodiylarida uchraydi.

9. Patagoniyaning oʻziga xos joylaridan biri – Perito-Moreno muzligi hisoblanadi. Uning maydoni 250 kvadrat kilometrga teng, oʻrtacha balandligi esa suv sathidan 60 metr yuqorida.

10. Patagoniyadagi Torres del Payne bogʻi Yer sayyorasining biosfera yodgorligi deb eʼlon qilingan.