PDF formati va “Adobe” asoschilaridan biri Charlz Geshke vafot etdi

  • 11:30 / 19.04.2021
  • 66

“Adobe Inc.” dasturiy taʼminot kompaniyasi asoschilaridan biri Charlz Geshke 82-yoshida, Kaliforniya shtatining Los-Altos shahridagi uyida vafot etdi.

Charlz Geshke PDF formatining hammuallifi hisoblanadi. U oʻzining ish faoliyatini 1972-yilda boshlangan. Aynan mana shu yili Jon Uornok bilan tanishgan. Ular 1982-yilda “Adobe” kompaniyasiga asos solishadi.

1992-yilda tadbirkor oʻgʻirlab ketilgan va toʻrt kun davomida Xollister shahrida tutqunlikda saqlangan. Oʻgʻrilar Geshke uchun 650 000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilishgan. Tadbirkorni politsiya xodimlari ozod qilganlar.

Charlz Geshke 2009-yilda AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan AQShning texnologiya va innovatsiyalar yoʻnalishidagi milliy medali bilan taqdirlangan.