Pedri, Kiyeza, Donnarumma. Yevro-2020dan so‘ng, narxi ko‘tarilgan futbolchilar ma’lum bo‘ldi (foto)

  • 17:26 / 16.07.2021
  • 229

Transfermarkt Yevro-2020dan so‘ng, narxlari eng ko‘ p ko‘tarilgan futbolchilar nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, transfer narxi o‘sgan futbolchilar yuqori uchligini yarim himoyachi Pedri (Ispaniya, “Barselona”), qanot yarim himoyachisi Federiko Kiyeza (Italiya, “Yuventus”) va yarim himoyachi Kalvin Fillips (Angliya, “Lids”) tashkil etgan. Ularning narxi 10 million yevroga oshgan.

Himoyachi Lyuk Shou (Angliya, “Manchester Yunayted”) va yarim himoyachi Mikkel Damsgaard (Daniya, “Sampdoriya”)larning narxi esa 7 million yevroga ko‘tarilgan.

“Atalanta”ning daniyalik futbolchisi Yoakim Melening narxi esa 6 millionga oshgan. Shuningdek, bir nechta futbolchilarning narxi 5 milliongayuqorilagan. Ularning ichida Chempion Italiya terma jamoasi a’zolari Janluiji Donnarumma va Jorginyolar bor.

Bundan tashqari, 24 nafar futbolchidan iborat reytingdan Dani Olmo (Ispaniya "Leypsig" 5 mln. yevro), Patrik Shik (Chexiya "Bayer" 5 mln. yevro), Aleksandr Zinchenko (ukraina "Manchester Siti" 3 mln. yevro) hamda Jordan Pikford (Angliya "Everton" 3 mln. yevro) kabi bir qator futbolchilar o‘rin olishgan.