Pensiya tayinlashda so‘raladigan qator hujjatlar bekor qilindi

  • 15:00 / 04.05.2021
  • 68

Prezidentning tegishli qarori bilan pensiya tayinlash tizimi soddalashtiriladi. 

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
– mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi va harbiy xizmat davri ma’lumotlari Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta’minoti bilan bog‘langan holda "Yagona mehnat milliy tizimi" orqali elektron tarzda olinadi;
– davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
– davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi.

2022-yil 1-yanvardan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni aholiga yetkazib berish har 3 yilda hududlarda alohida tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.