Pentagon O‘zbekiston bilan mamlakatda aksilterror kuchlarini joylashtirish masalasini muhokama qiladi

  • 09:33 / 14.10.2021
  • 104

Pentagon rahbariyati oktyabr oyida O‘zbekiston bilan Qo‘shma Shtatlarning aksilterror kuchlarini joylashtirish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Politico nashri AQSh Kongressidagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.  

“Kun tartibidagi asosiy masala aksilterror kuchlarni chegaraga yaqin hududlarda (Afg‘oniston nazarda tutilomqda, -tahr.) joylashtirish bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.

Manbaning ta’kidlashicha, bunday kelishuv AQSH harbiylarining Afg‘onistonni yaqindan kuzatishiga va nazorat qilib turishiga qo‘l keladi.

Politico nashri, avvalro, sentyabr oyining oxirlarida Qo‘shma Shtatalar terrorizimga qarshi amaliyotlar o‘tkazish uchun Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlarda bazalarini joylashtirish to‘g‘risida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi.

Bunga qadar The Wall Street Journal Pentagon rahbariyati rus harbiylari bilan Putinning Afg‘onistondagi terrorchilik tahdidlariga Markaziy Osiyodagi Rossiya harbiy bazalarida birgalikda amaliyotlar o‘tkazish haqidagi taklifini muhokama qilgani haqida ma’lum qilgan edi.