Pochettino joriy mavsum Chempionlar Ligasi favoritlari qaysi jamoalar boʻlishini aytdi

  • 21:14 / 14.09.2021
  • 98

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bu mavsumda qaysi jamoalar Chempionlar ligasining favoritlari boʻlishini aytdi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Mutaxassis kuchlilar qatoriga APL grandini kiritdi.

“Men kim oʻyinni asosiy tarkibda boshlashini hal qilmadim. Mashgʻulotlardan soʻng koʻrib chiqishimiz kerak, hali ham baʼzi shubhalar bor.

Favoritlar – “Chelsi” va biz. Tarkibimizdagi futbolchilarni inobatga olsak, “Chelsi” hamda PSJ ayni paytda eng yaxshi jamoalar deb oʻylayman.

Ammo “Chelsi” oʻtgan yili muvaffaqiyat qozondi va bu yil chempionlik unvonini himoya qiladi. Agar bitta jamoani tanlashim kerak boʻlsa, men ularning nomlarini aytgan boʻlardim. Ular yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzolab, kuchliroq boʻlishdi. Ular bu transfer oynasida bizdan koʻra koʻproq pul sarflashdi.

Bu yozda biz koʻplab futbolchilar bilan shartnoma imzoladik, lekin biz bundan foydalanishimiz va ajoyib jamoaga aylanishimiz kerak”, — deydi Pochettino.

Eslatib oʻtish mumkin, ertaga PSJ mehmonda “Bryugge” bilan oʻynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.