Pokiston kompaniyasi Namanganda 2 ta yirik loyihani moliyalashtiradi

  • 13:04 / 14.07.2021
  • 138

Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov pokistonlik investorlar bilan ikkita yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, “AKD Group” kompaniyasi va Namangan viloyat hokimligi o‘rtasida Namangan shahrida barpo etilayotgan “Smart City” loyihasini moliyalashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, joriy yilning iyun oyida viloyat delegasiyasining Lahor va Karachi shaharlariga safari davomida kelishilgan loyihalar bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.