Pokistonda poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlari soni 60 kishidan oshdi

  • 16:29 / 08.06.2021
  • 55

Pokiston janubida ikki poyezdning to‘qnashuvi qurbonlari soni 62 kishiga yetdi, deb xabar beradi MIR 24.
 
Qutqaruv operatsiyasining ikkinchi kuni davom etmoqda. Unda mamlakat armiyasi vakillari ham ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 100 dan ortiq odam jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, fojia Pokiston janubidagi Sind viloyatining Gotka shahri hududida sodir bo‘lgan. Poyezdlardan biri relsdan chiqib ketgan, shundan keyin ikkinchi poyezdga borib urilgan edi. Hozirda to‘qnashuv sodir bo‘lgan hududda poyezdlar harakati qayta tiklandi.