Politsiya Norvegiya bosh vazirini jarimaga tortdi 

  • 18:57 / 09.04.2021
  • 67

Norvegiya Bosh vaziri Erna Solberg mamlakatning qirollik politsiyasi tomonidan jarimaga tortildi. Bunga vazirning ijtimoiy masofa qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.

Bosh vazir karantin paytida tug‘ilgan kunini nishonlagan, uyga ruxsat etilgan 10 ta odam o‘rniga 13 nafar mehmon taklif qilgan. 

Politsiya tomonidan yozilgan jarima miqdori 20 ming Norvegiya kronasi (2352 AQSh dollari)ni tashkil etdi.