Pora olmagan IIB xodimiga 15 million so‘m pul mukofoti berildi

  • 12:31 / 22.05.2021
  • 241

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 2021-yil 10-may kuni Samarqand shahrida yonidan 2,16 gramm marixuana topilgan shaxs ushlangan.

Mazkur shaxs esa o‘ziga qarshi to‘plangan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazmaslik maqsadida IIB xodimiga pora sifatida 2 000 AQSh dollari taklif qilgan, ammo xodim uni rad etgan.

11-may kuni tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro Y.A. ishini ijobiy hal qilib berish uchun IIB xodimiga 2 000 AQSh dollari berayotgan vaqtida ushlangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatgan, pora olmasdan kasbiga sadoqat bilan yondoshgan kapitan U. Sarimovga viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan 15 mln. so‘m mukofot puli va uning ota-onasiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.