Porye bilan jangdan oldin Makgregorning oyog‘i jarohatlangan

  • 11:42 / 16.07.2021
  • 441

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor UFCning sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Porye bilan jangidan oldin oyog‘idan jarohat olganini aytdi.

“Jang oldidan jarohat oldim. Endi ko‘pchilik mendan qachon oyog‘imni sindirib olganim, bu qachon yuz berganini so‘rashmoqda? Yaxshis buni Dana Uaytdan, UFCdan so‘rang, UFC bosh shifokori doktor Devidsondan so‘rang.

Ular menda suyak sinishidan kelib chiqadigan yoriqlar borligini bilar edilar. Ha, oyog‘imni davolashim kerak edi, to‘pig‘imni davolashim kerak edi, suyagimni davolashim kerak edi. Shunda, bunday holat yuz bermas edi. Men albatta tuzalaman”, - dedi Makgregor o‘zining Instagram sahifasiida. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 11-iyul tongida o‘tkazilgan jangning birinchi raundida Konor Makgregorning oyog‘i sinib ketgan va natijada Dastin Porye texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.

Teglar