Prezident hukumatining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

  • 10:54 / 14.06.2021
  • 156

Yangi tuzilmada boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni qisqartirilib, texnik xodimlar soni oshirilgan.

Bu borada Prezidentning “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:

a) O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi – Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi;

b) O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi – Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi kiritildi;

v) Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti tugatildi hamda uning negizida Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti tashkil etildi;

g) Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tugatildi hamda uning negizida quyidagilar tashkil etildi:

– Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati;

– Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlarining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 269 nafar, texnik xodimlar soni esa 52 nafar etib belgilandi. Bundan oldingi strukturada boshqaruv hamda texnik xodimlar soni mos ravishda, 262 va 49 nafarni tashkil etgan edi.