Prezident ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi

  • 10:57 / 03.05.2021
  • 97

Ayni paytda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan Prezident matbuot xizmatining brifingida ma’lum qilinishicha, joriy hafta Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazishni rejalashtirgan. Unda davlat organlari rahbarlari, hokimlarning hisobotlari eshitilishi kutilmoqda.  
 
Shuningdek, chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, Tokio Olimpiadasiga sportchilarimizni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lishi rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan.