Prezidentni ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlagan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

  • 13:28 / 19.04.2021
  • 186

52 yoshli fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda profillar ochib O‘zbekiston Prezidentini haqoratlab, yolg‘on ma’lumotlar tarqatish bilan shug‘ullangan. 

1969-yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K internetning “YouTube” va  “Facebook” tarmoqlarida “V.K” (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilib, o‘z chiqishlarida O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilib, prezidentni internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarining obro‘siga putur yetkazib va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda