Prezidentning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda

  • 15:32 / 19.04.2021
  • 111

Bugun, 19-aprel kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari uchun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida brifing o‘tkazdi.

Dastlab, o‘tgan hafta davomida davlat rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirlar va ularning qo‘shimcha tafsilotlari haqida batafsil axborot berildi.

Boshlangan haftada esa Prezident raisligida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. 

Shuningdek, hafta davomida Prezident yangi xorijiy elchilardan:
–  Bangladesh – Muhammad Jahangir Alam
–  Chexiya  - Vaslav Yilek
–  Misr – Amira Fahmi
–  Iordaniya – Demiya Zuheyr Haddad
–  Turkiya – Olgan Bekar
–  Yevropa Ittifoqi – Sharlott Adrian
–  Rossiya Federatsiyasi – Oleg Malginovdan ishonch yorliqlarini qabul qiladi.