PSJ Mbappeni jamoada saqlab qola olmasa “Yuventus” futbolchilar almashinuviga qo‘l uradi 

  • 16:29 / 23.07.2021
  • 275

Ronaldu Mbappega sababli “Yuventus”dan ketishi mumkin

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, portugaliyalik jamoasini o‘zgartirishni xohlaydi. Agar Kilian Mbappe “Real”ga ketsa, Ronaldu “PSJ”ga o‘tishi mumkin.

Qayd etilishicha, portugaliyalik PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfidan taklif kutmoqda. Keltirilishicha, ushbu shartnoma doirasida “Yuventus” Ronalduni hujumchi Mauro Ikardiga almashtirishga harakat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu “Yuventus” safida 2018-yildan beri o‘ynab kelmoqda. 36 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda 29ta gol urib, Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangan edi.