PSJ prezidenti Neymarning jamoadagi kelajagi haqida aniq gapirdi 

  • 12:49 / 07.06.2021
  • 95

Parijning PSJ klubi prezidenti Nosir al-Xelayfi hujumchi Neymarning Fransuz klubida qolishini aniq aytdi.

-“Barselona” azaldan Neymarni qaytarishni istagan, bu sir emas. Ammo Neymar u yerga borishni xohlaganmi? Yo‘q. “Barsa“ Neymarni qaytarish uchun oxirgacha harakat qildi, biz esa har safar rad javobini beraverdik. 

To‘g‘ri, shu vaqtgacha u Parij va Fransiyaga to‘liq moslasha olmagan edi. Biroq Neymar rejalarimizga ishonadi va jamoada qoladi, - dedi al-Xelayfi Fransiyaning L’Equipe’ nashriga.

Qayd etish mumkin, joriy yil may oyida Neymar parijliklar bilan shartnomasini 2025-yilga qadar uzaytirgan edi.

Ma’lumot o‘rnida braziliyalik futbolchi ortda qolgan mavsum, barcha musobaqalarda 31 o‘yin o‘tkazib, 17 gol va 11 assistga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda “Barselona”dan rekord darajadagi summa, 222 million yevro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan Neymar Parij klubi safida 2017-yilning yozidan beri o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida futbolchi 116 uchrashuvda 87 gol urgan va 52 golga uzatma amalga oshirgan.