PSJ Ronalduning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishni boshladi

  • 18:17 / 03.06.2021
  • 107

PSJ 36-yoshli hujumchining vakillari bilan muzokaralarni boshladi, futbolchi Turin klubini mavsum oxirida tark etishi mumkin. “Yuventus” rahbariyati portugaliyalik ylduzning transferini muhokama qilishga tayyor. Boisi, jamoa bosh murabbiyligiga qaytgan Massimiliano Allegri Ronalduga ishonch bildirmaydi.

PSJ Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolab, o‘zining Parij klubidagi kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilmagan Kilian Mbappe borasidagi xavotirni yumshatmoqchi.  

Bundan tashqari, Ronaldu PSJning texnik homiysi bo‘lgan Nike bilan hamkorlik qiladi. Ushbu transfer uchala tomonga ham foyda keltirishi, ehtimoldan holi emas. “Yuventus” Ronaldu uchun 25–30 million yevro so‘raydi. Biroq, Parij klubi hujumchisi Mauro Ikardiga almashish variantini ham inkor etmaydi.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik Ronaldu yakuniga yetgan mavsum, barcha musobaqalarda 44 o‘yin o‘tkazib, 36 gol va 4 assist muallifiga aylangan.