“PSJ”ning Chempionlar Ligasi doirasidagi “Bryugge”ga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

  • 17:46 / 14.09.2021
  • 76

“PSJ” klubi hujumchisi Lionel Messi va Neymar Chempionlar ligasining 1-turi doirasida o‘tkaziladigan “Bryugge”ga qarshi o‘yin qaydnomasidan joy olishdi.

Bu futbolchilar Fransiya chempionati doirasida o‘tkazilgan “Klermon”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishmagandi. Bunga har ikkala futbolchining milliy terma jamoa o‘yinlari tufayli okean ortidan klub ixtiyoriga kech yetib kelishgani sabab bo‘lgandi. Bu gal jesa Serxio Ramos va Marko Verrattilar jarohat sabab mazkur uchrashuvda parijliklarga yordam bera olishmaydi. 

Qaydnomadan joy olgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha:

Navas, Donnarumma, Lettelliyer, Hakimi,  Kimpembe, Markinos, Paredes, Diallo, Draksler, Kexler, Nuno Mendes, Ebimbe, Bitshiabu, Danilo, Ikardi, Veynaldum, Bitumazala, Mbappe, Neymar, Messi.