PSJning yangi futbolchisi koronavirus bilan kasallandi

  • 17:09 / 17.07.2021
  • 129

PSJning yangi futbolchisi koronavirus bilan kasallandi

PSJga yaqinda kelib qo‘shilgan himoyachi Ashraf Hakimiga koronavirus tashxisi qo‘yildi, deb xabar bermoqda L'Equipe.

Manbaga ko‘ra, marokashlik futbolchining COVID-19 uchun topshirgan test sinovi ijobiy natija bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda Hakimi jamoadan ajratib olingan va yakkalangan. Eslatib o‘tish mumkin, himoyachi iyul oyining boshida “Inter”dan PSJ safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Marokashlik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo‘ljallandi.

Ma’lumot o‘rnida, asli “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Hakimi o‘tgan mavsum “Inter” bilan Italiya chempioniga aylandi. Himoyachi  A Seriya doirasida 37 uchrashuv o‘tkazib, unda yettita gol, sakkizta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.