Putin: “AQSh Sovet Ittifoqi yo‘lidan ketmoqda”

  • 16:29 / 05.06.2021
  • 155

Rossiya prezidenti Vladimir Putin RDIF ekspertlar kengashi, xalqaro investitsiya hamjamiyati rahbarlari va chet el vaksinalarini ishlab chiqaruvchilari bilan videokonferensiya o‘tkazdi, deya xabar qiladi RIA Novosti.

Uchrashuv paytida Vladimir Putin AQSh va boshqa mamlakatlar siyosati haqida gapirib, Amerika Sovet Ittifoqi yo‘lidan bormoqda, deb ta’kidlagan.

“Imperiyalarning muammosi nimada? Ularning nazarida ular shunchalik qudratli bo‘ladiki, xohlagan ishimizni qilamiz xohlamaganimizni yo‘q, deb o‘ylashadi. Ularni puli ko‘p bunga rozi bo‘lamiz. Vaqti kelganda ularning muammolari ko‘payib ketganidan muammolarni yecha olmay qoladi",– dedi Rossiya rahbari.