Putin Isroil va Falastinni zoʻravonlikka chek qoʻyishga chaqirdi

  • 14:44 / 18.05.2021
  • 197

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy davlatlarning elchilarini qabul qilish va ishonch yorliqlarini topshirish marosimi vaqtida Ikkinchi jahon urushi takrorlanishining oldini olish zarurligini aytdi.

Rossiya prezidenti oʻz nutqi davomida Isroil va Falastin hukumatini zoʻravonlikni toʻxtatishga chaqirgan.

“Falastinliklar va isroilliklar oʻrtasidagi qarama-qarshilikning boshlanishi allaqachon koʻplab fuqarolarning, shu jumladan bolalarning oʻlimiga sabab boʻldi”, dedi RF prezidenti.

Siyosatchi tomonlarni xalqaro huquq tamoyillariga tayangan holatda vaziyatni barqarorlashtirish yoʻlini topishga undagan.

Putin, Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi sifatida koʻplab xalqaro muammolarni hal qilishda ishtirok etganini taʼkidlab, Suriyadagi vaziyatni misol sifatida koʻrsatdi.