Putin Rossiyani "tishlamoqchi" bo‘lganlarning "tishlarini qoqib olish"ga tayyorligini bildirdi 

  • 10:58 / 21.05.2021
  • 294

Rossiya unga tajovuz qilishga uringanlarning har biriga qat’iy javob qaytaradi. Bu haqida mamlakat prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. 

Prezidentning aytishicha, mamlakat kuchga to‘lib borishi bilan uning rivojlanishiga halal berish  istagida bo‘lgan muxoliflar ham darrov topiladi. "Bunday urinishlar SSSR bo‘linib ketganidan keyin ham to‘xtamagan", dedi RF prezidenti.


Siyosatchi ko‘pchilikning Rossiyani "tishlab olish" istagida ekanligini aytgan. "Ammo, bu ishni amalga oshirmoqchi bo‘lganlar ularning barcha "tishlarini qoqib olishimiz"ni bilishlari kerak", dedi Putin.

RF prezidenti misol sifatida bir qator siyosatchilarning Rossiyaga tegishli bo‘lgan Sibir boyliklari haqidagi suhbatlarini keltirib o‘tgan. Bundan tashqari, mamlakat hududiga tajovuz qilishga urinish harakatlarini javobsiz qoldirmasligini ta’kidlagan.