Putin Trampni g‘ayrioddiy odam deb atadi

  • 14:06 / 12.06.2021
  • 291

Rossiya prezidenti Vladimir Putin NBC News telekanaliga bergan intervyusida Amerikaning so‘nggi ikki prezidenti amaldagi prezident Jo Bayden va undan avvalgi prezident Donald Trampni taqqosladi.

Qayd etlishicha, uch yil ichida birinchi marta Rossiya prezidenti Amerika ommaviy axborot vositalariga intervyu bergan. U o‘z intervyusida AQSh prezidentlari – Bayden va Trampga baho berdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Bayden Trampdan tubdan farq qiladi, chunki Bayden butun hayotini siyosatda o‘tkazgan.

“U boshqa turdagi odam va men umid qilamanki, uning ba’zi bir ustunliklari va kamchiliklari bor. Ammo AQShning amaldagi prezidenti keskin qarorlar qilmaydi”, – deydi Putin.

Trampni esa Putin g‘ayrioddiy odam, deb atadi.

“Hozir ham men AQShning sobiq prezidenti janob Trampni favqulodda iste’dodli inson ekaniga ishonaman, aks holda u AQSh prezidenti bo‘lmas edi”, – dedi Putin.