Putin va Bayden uchrashuvi 16-iyun kuniga belgilandi

  • 10:13 / 26.05.2021
  • 108

Rossiya hukumati Vladimir Putinni Jenevada 16-iyun kuni amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashishini e’lon qildi.

Ushbu uchrashuv Bayden AQSh prezidenti etib saylanganidan beri ikkala davlat rahbarlari o‘rtasida birinchisi bo‘ladi. Ilgari Bayden va Putin faqatgina telefon orqali muloqot qilgan.

“Biz Rossiya-Amerika munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarni, strategik barqarorlik muammolarini, shuningdek, xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, jumladan, koronavirus pandemiyasi va mintaqaviy nizolarni hal qilishda o'zaro hamkorlikni muhokama qilishni maqsad qilganmiz”, – deyiladi Kreml saytida.

Bayden administratsiyasi ham ushbu uchrashuv bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqladi.