Putin va Baydenning uchrashuv joylari taxmin qilindi

  • 10:44 / 06.05.2021
  • 93

Amerikaning sobiq rasmiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Baydenning uchrashuvi Chexiya poytaxti Praga shahrida boʻlib oʻtishini taxmin qilishdi. Ehtimoliy uchrashuv manzillari qatorida Islandiya, Sloveniya va Ozarbayjon ham bor.

Aprel oyida Chexiyaning birinchi bosh vaziri Yan Gamachek Moskva va Vashingtondagi elchilarga RF-AQSh sammitini Pragada oʻtkazish taklifini yetkazish vazifasini topshirgani haqida aytgandi. Ushbu hodisa Chexiya va Rossiya oʻrtasida yuzaga kelgan diplomatik mojarodan bir necha kun avval sodir boʻlgan.

Ayrim ekspertlar esa ikki mamlakat prezidenti uchrashishi mumkin boʻlgan ehtimoliy joylar qatorida Praga, Reykyavik, Lyublyana va Boku shaharlarini ajratib koʻrsatmoqdalar.

Eslatib oʻtamiz, 1986-yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan va Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi markaziy komitetining bosh kotibi Mixail  Reykyavikda uchrashib, muloqot qilishgan.