Putin va Lukashenko “Ryanair” samolyoti bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qilishdi

  • 11:18 / 30.05.2021
  • 209

Rossiya va Belorussiya yetakchilari Sochida muzokara oʻtkazdilar. Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko suhbat davomida “Ryanair” samolyoti bilan bogʻliq vaziyatga ham toʻxtalishgan.

“Bizning nuqtayi nazarimizdan kelib chiqsak, vaziyat shoshilinch xulosalardan holi ravishda obdon oʻylab koʻrishni va konstruktiv tekshirishlarni talab qiladi. Yevropadagi poytaxtlar tomonidan bildirilgan munosabatlar faqatgina hissiyotlarga asoslangan”, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Dmitriy Peskov Belorussiyaga shoshilinch ravishda qoʻngan “Ryanair” samolyotida mina borligidan ogoh qilgan maktub haqidagi tafsilotlarga aniq toʻxtalmagan.