Qahva quyqasini tashlab yubormang: undan roʻzgʻor ishlarida foydalanamiz!

  • 15:47 / 14.09.2021
  • 93

Yangi damlangan qahva – haqiqiy lazzatning oʻzginasi. Qahva damlaganingizdan keyin uning ostida qolgan quyqani tashlab yuborasizmi? Shoshilmang! Undan avval bizning layfxaklar bilan tanishib chiqing.

Qoʻlbola skrab

Qahva quyqasidan teri uchun ajoyib skrab tayyorlash mumkinligi haqida bilarmidingiz? Buning uchun 1 oshqoshiq qahva quyqasini xuddi shuncha miqdordagi yogurt bilan aralashtiring. Skrabni yuz terisiga uqalovchi harakatlar bilan surting. Oradan bir necha daqiqa oʻtganidan keyin esa vositani yuvib tashlang. Ushbu skrab foydalilik jihatidan doʻkonlardagi qimmatbaho vositalardan ortda qolishmaydi.

Muzlatgichdagi hiddan xalos boʻlamiz

Qahva quyqasini quritib, plastik idishcha ichiga soling, idishning qopqoq qismidan bir nechta teshik oching. Idishni muzlatgich ichiga solib qoʻysangiz, u yoqimsiz hidni oʻziga tortib oladi.

Idish yuzasidagi kuyindini tozalaymiz

Maydalangan qahvani idish ustidan sepib, yuza qismini yaxshilab ishqalang. Bu kuygan sohani yangidek holatga keltiradi.

Sovun tayyorlash ham mumkin

Qahva quyqasidan skrabdan tashqari terini namlantiruvchi va chuqur tozalovchi sovun tayyorlasa ham boʻladi. Suyuq sovunning xushboʻy boʻlishi istasangiz, uning ichiga ham qahva quyqasidan qoʻshib qoʻying. Quyqa zarralari qanchalik katta boʻlsa, u teriga skrab kabi taʼsir koʻrsatadi.

Poyabzaldagi yoqimsiz hiddan xalos boʻlish usuli

Qahva quyqasini mato boʻlagidan tikilgan kichik xalta ichiga solib, poyabzalning har ikki poyi ichiga joylashtiring. Oradan bir sutka vaqt oʻtgach, yoqimsiz hiddan asar ham qolmaydi.

Oʻsimliklar uchun ozuqa

Qahva quyqasi yordamida ayrim turdagi oʻsimliklar uchun ozuqa tayyorlash mumkin. Qahva quyqasi azaliya, kameliya, gortenziya kabi oʻsimliklarning gullab-yashnashiga yordam beradi. Buning uchun oʻsimlik ildiziga qahva quyqasidan sepib qoʻysangiz kifoya.