Qariyb 16,5 mln. so‘mlik temir quvurlarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

  • 10:24 / 18.07.2021
  • 110

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati IIB TXTBga Buxoro MTUga qarashli Uchquduq temir yo‘l masofasidan kelib tushgan arizaga ko‘ra, korxona balansida bo‘lgan, «Mustaqillik-306-razyezd»lar oralig‘ining 159-km, 2-piketida zaxira sifatida turgan jami 4 dona 11 metrli temir trubalar mavjudligini, temir trubaning bir qismi avtogen (svarka) apparatida yoysimon shaklda kesib noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligi xabar qilingan.

Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida Buxoro viloyati Shofirkon tumani Mahalipoyon qishlog‘ida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan T.Z. hamqishloqlari R.Ya. va Gʻ.E.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli «Mustaqillik» temir yo‘l bekati hududida turgan narxi 16 mln. 440 ming so‘mlik metall quvurni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan 2021-yil 15-iyul kuni Navoiy viloyati IIB Transportda XTB TG tomonidan T.Z., R.Ya. va Gʻ.E.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Teglar