Qarshida “haydovchining YPX xodimlari tomonidan kaltaklangani” aytilgan xabarga izoh berildi  

  • 10:08 / 09.07.2021
  • 191

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qarshidagi “reyd”da chiroqchilik haydovchi YPX xodimlari tomonidan kaltaklandi” sarlavhali videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi. 

IIV Matbuot xizmati rahbari Shoxruh Gʻiyosovning holat yuzasidan bildirgan rasmiy munosabatiga ko‘ra, joriy yilning 5-iyul kuni Qashqadaryo viloyati IIB YPX inspektori katta serjant O.Tursunov Qarshi shahar A.Temur ko‘chasida Qarshi shahar Pedagogika kolleji ro‘parasida piyodalar yo‘lakchasi ustida O.O. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli davlat raqami 70 A 485 NA bo‘lgan avtomashina piyodalar o‘tishiga xalaqit qilib turganligi uchun qoidabuzarlikni tegishili tartibda rasmiylashtirish jarayonida, avtotransport haydovchisi ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, hujjatlarni taqdim etmasdan, transportda birga bo‘lgan O.O.ning xotini X.Sh. va o‘g‘li T.S. bilan birgalikda janjal ko‘tarib atrofdagilarni e’tiborini jalb qilishgan.

Ayol kishining baqiriqlariga to‘plangan fuqarolar, xodimlarning faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishgan, shu jarayonda janjaldan foydalanib haydovchi avtotransportiga minib voqea joyidan yashiringan.

Hozirda janjal ishtirokchilarining barchasi aniqlanib, tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xodimlarning harakatlariga qonuniy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.