Qashqadaryoda 4 yoshli farzandini pullayotgan ona va uning sherigi qo‘lga olindi

  • 10:21 / 05.06.2021
  • 198

Viloyat IIB ning ma’lum qilinishicha, Chiroqchi tumanida doimiy ro‘yxatda turib, hozirda Shahrisabz shahrida vaqtincha yashab kelgan 35 yoshli A.A. sherigi 43 yoshli A.A. bilan 4 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan.

Holat yuzasidan Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Shahrisabz tumani IIB va DXX xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan va ayollar bolani umumiy ovqatlanish shoxobchasida 25 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.