Qashqadaryoda avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. 2 kishi halok bo‘lgan

  • 11:55 / 22.05.2021
  • 421

Chiroqchi tumani markazida mashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlab ketdi. Mudhish hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar bor. 

Bugun, 22-may kuni soat 06:00da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, “Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi 4P-84 “Yakkabog‘-Chiroqchi” avtomobil yo‘lining 29-kilometrida harakatlanib ketayotgan, “Nexia” rusumli avtomobilida o‘rnatilgan gaz-balloni yorilishi yuzaga keldi.
Buning oqibatida, avtomobil ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.