Qashqadaryoda eshak so‘yib sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

  • 16:17 / 10.04.2021
  • 120

Joriy yil 5-aprel kuni Qarshi shahrida yashovchi fuqaro X.Sh. xonadonida fuqaro X.J. tomonidan eshaklar so‘yilayotgani fakti aniqlangan.
 
Viloyat IIB tekshiruvida ushbu xonadonda eshak go‘shtlaridan tashqari 20 dona tirik eshaklar borligi ham aniqlangan. Surishtiruv jarayonida esa fuqaro X.J. eshak go‘shtini sotish maqsadida so‘yishini ma’lum qilgan.

Tayinlangan ekspertiza go‘sht mahsulotlarining iste’molga yaroqsizligi ekanligi haqida xulosa bergan.

Natijada olingan lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilinib, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.