Qashqadaryoda Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bir kishi vafot etgan

  • 10:32 / 22.04.2021
  • 79

Qashqadaryoda Nexia avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Matbuot xizmati. 
  
Xabarda aytilishicha, bugun, 22-aprel  kuni soat 07:07da Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani “Istiqlol” MFYda joylashgan Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Nexia rusumli avtomobiliga o‘rnatilgan gaz-balloni portlab ketgan.

Buning oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan hamda shoxobchaning 1 nafar ishchisiga tan jarohati yetgan. Jabrlangan ishchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan. 

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.